cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Show more
Uzbekistan37The language is not specifiedLaw3
Advertising posts
511 381
Subscribers
-52924 hours
-1 5387 days
-15 28430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:53
Video unavailableShow in Telegram
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgani rasman e'lon qilindi. Halokat natijasida kamida 8 kishi vafot etgan. Toki muddatidan oldin saylovlar o‘tgunga qadar birinchi vitse-prezident Muhammad Moxber Eron prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘ladi. Eron Konstitutsiyasiga ko‘ra, muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 50 kun ichida o‘tkaziladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
01:28
Video unavailableShow in Telegram
Hayotingizning eng muhim yillarini boy bermang! Farmatsevtika texnik universiteti Buyuk Britaniyaning Sanderland va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Britaniya oliy ta'lim dasturlarini taqdim etmoqda: ✅ farmatsiya; ✅ biokimyo; ✅ biotibbiyot fanlari. Darslar toʻliq ingliz tilida olib boriladi. Universitet bitiruvchilari xalqaro tan olingan Britaniya universitetlari diplomlarini qoʻlga kiritadilar. ✔️ xalqaro nufuzli va istiqbolli dasturlar; ✔️ xalqaro mutaxassis boʻlish va dunyoga chiqish imkoniyatlari; ✔️ grant oʻrinlari. Talablar: — 5.5 ballga teng boʻlgan IELTS sertifikati yoki shunga muqobil boʻlgan xalqaro sertifikat; — tugallangan oʻrta ta'lim shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi. Dasturlar haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola yordamida olish mumkin. Shoshiling, bor yoʻgʻi 180 ta oʻrin qolgan! Aloqa uchun telefon: +998999508080 +998958338181 ❗️Mazkur universitet Vazirlar Mahkamasining 17.05.2022 yildagi 263-son qarori bilan tashkil qilingan davlat oliygohi hisoblanadi. Telegram-kanal | Telegram-bot Reklama
Show all...
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti: "Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyotning favqulodda qo‘ndirilishi to‘g‘risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yo‘lovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Barcha yo‘lovchilar tez orada sog‘-salomat topilishiga umid qilamiz. O‘zbekiston tomoni zarurat bo‘lishi bilan Eronlik do‘stlarimizga barcha yordam ko'rsatilishiga to‘liq tayyorligini bildiradi", — deyiladi TIV bayonotida. Ma’lumot uchun: bugun Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan bo‘lgan vertolyot favqulodda "qattiq qo‘nishni" amalga oshirgan (halokatga uchradi desa ham bo‘ladi). Raisiy Sharqiy Ozarbayjonga safar qilib, u yerda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashib qaytayotgan edi. Hodisa sodir bo‘lgan tog‘li hududda noqulay ob-havo bo‘lib turgani sababli, qutqaruvchilar hozirgacha vertolyotni topa olishgani yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi) Odil Yoqubov. Yaxshilik (hikoya) Izoh: Yosh Mansurning tog‘asi uylangan kunining ertasiga urushga ketadi. Mansur esa kelinoyisining azoblari, sog‘inchlari guvohi bo‘ladi. Kunlardan bir kuni unga yaxshilik qilaman deb, kelinoyisining dilini qattiq og‘ritadi... 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/odil-yoqubov-yaxshilik 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/c9DMT2zCTr0 💬 Muhokama bu yerda. 🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda. #kechki_mutolaa 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
01:01
Video unavailableShow in Telegram
#20 SO‘Z ERKINLIGI HOLATI YOMONLASHYAPTIMI? — Lolazor podkast 📹 https://youtu.be/hVVzT1llEOI Ushbu sonda biz O‘zbekistondagi so‘z erkinligining holati, jurnalistika sohasidagi kadrlar, xalqaro reytingdagi o‘rnimiz pasaygani, qanday islohotlar qilish zarurligi, Senatda qolib ketgan qonun va Konstitutsiyaning buzilishi, O‘zbekistonliklarga viza olishning qiyinligi, daraxt kesgani uchun qamalganlar va bir nechta yaxshi xabarlar haqida gaplashdik. Mehmonimiz — GazetaUz nashri jurnalisti Shuhrat Latipov. 📹 https://youtu.be/hVVzT1llEOI Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Usik — mutloq jahon chempioni Bugun tunda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan "asr jangida" ukrainalik Oleksandr Usik britaniyalik Tayson Fyurini mag‘lub etib, superog‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni bo‘ldi. Jang 12 raund davom etdi va hakamlarning bo‘lingan qarori bilan (bitta hakam Fyuri g‘alabasini qayd etdi) Usik g‘alaba qozondi. Shu tariqa Usik so‘nggi 25 yil ichida barcha 5 ta kamarga (WBA, IBF, WBO, IBO, WBC) ega chiqqan ilk bokschiga aylandi. 9-raund so’nggida Fyuri nokdaun holatiga tushdi va raund tugagani sababli jon saqlab qoldi. Oleksandr Usik faoliyatidagi 22-g‘alabani qo‘lga kiritdi. U hozircha biror marta mag‘lub bo‘lmagan (14 ta nokaut). Tayson Fyuri esa ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha uning hisobida 34 ta g‘alaba (24 ta nokaut) va 1 ta durang bor edi. Usik jangdan so‘ng revanshga tayyor ekanligini bildirdi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy Majlis Senatining 52-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilindi. Unga asosan: ➖ Jumanazar Ergashev o‘n yillik muddatga; ➖ Maʼmurjon Kadirov muddatsiz davrga; ➖ Dilshod Rajabov muddatsiz davrga; ➖ Nosirjon Rasulov o‘n yillik muddatga; ➖ Burxon Turdiyev o‘n yillik muddatga; ➖ Asqarali Ummataliyev o‘n yillik muddatga; ➖ Gulnafis Xudayberdiyeva o‘n yillik muddatga Oliy sudning sudyasi lavozimiga saylandi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
“Lolaqizg’aldoq” loyihasida 10 ta kitob tavsiya qildik. 📹 https://youtu.be/RZROU5QWCWs Videoni ko’rish, kitoblarni esa o’qish maqsadga muvofiq. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
TOP-10 KITOBLAR — LOLAQIZG‘ALDOQ

“Lolaqizg‘aldoq” loyihasining dastlabki ikki sonida film va seriallar tavsiya qilgan edi. Ushbu sonda esa TOP-10 kitoblar ro‘yxatini tuzib chiqdik. Tavsiya e...

00:59
Video unavailableShow in Telegram
Abituriyentlarni o‘qishga hujjat topshirishini osonlashtiradigan MenTalaba.uz platformasi yaratilgan 2023-yili 50 mingdan ortiq abituriyentga BEPUL yordam ko‘rsatgan bu dastur 2024-yilgi bitiruvchilarga ham BEPUL yordam berishga tayyor! Buning uchun: 1️⃣  MenTalaba.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tasiz; 2️⃣   Shaxsiy profilni to‘ldirasiz; 3️⃣   Tahsil olmoqchi bo‘lgan oliygohlarga ariza topshirasiz. 👉 MenTalaba.uz platformasidan hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va muddatidan avval o‘nlab oliygohlar talabasi bo‘ling! Mentalaba.uz | Telegram | Reklama
Show all...
Energetika vazirligining xabar berishicha, soat 14:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 210 MVt quvvat bilan o‘chgan 139 ta fider tarmoqqa qayta ulandi. Natijada Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari iste’molchilari to‘liq, qolgan hududlarda esa qisman, jami 50 ming 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tiklandi. Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi «Yaypan» podstansiyasida 3 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan «T-2» transformatori ham tarmoqqa ulandi. Soat 15:07 da Jizzax viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...